Panamerika o‘yinlarida g‘ayritabiiy holat

CHERY AUTO

Ayni kunlarda Chilining Santyago shahrida Panamerika o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Engil atletika bahslarining ayollar o‘rtasida 20 kmga sportcha yurish dasturida kutilmagan natija yuz berdi. Gap shundaki, atletlar bosib o‘tgan masofa aslidagidan taxminan 3 kmga kam bo‘lib chiqdi. Buning natijasida:

Tecno

– Musobaqada g‘alaba qozongan sobiq jahon chempioni, perulik Kimberli Garsiya masofani 1 soat, 12 daqiqa, 26 soniyada bosib o‘tdi. Bu amaldagi jahon rekordidan 11 daqiqa yaxshiroq natija;

– Marra chizig‘ini kesib o‘tgan 12 sportchi jahon rekordidan yuqoriroq natija qayd etgan va ularning barchasi Parij-2024 normativini bajargan.

Sportchilarning o‘zlari ham finishdan so‘ng masofa qisqaligini his qilishgan va bu bo‘yicha e’tiroz bildirishgan. Tashkiliy qo‘mitaning qarori yanada hayratlanarli bo‘ldi. Unga ko‘ra, barcha atletlarning natijasi nolga tenglashtirildi. Biroq taxminan 17 km masofaga kechgan poygada marra chizig‘ini kesib o‘tgan dastlabki uch sportchi Kimberli Garsiya (Peru), Glenda Morexon (Ekvador) va Evelin Inga (Peru) shohsupaga ko‘tarildi va ularga mos ravishda oltin, kumush hamda bronza medallari taqdim qilindi.

Shundan so‘ng erkaklar o‘rtasidagi poyga haqiqiy 20 km masofaga o‘tkazildi. Ayollar o‘rtasida yuzaga kelgan vaziyatda tashkiliy qo‘mita Panamerika engil atletika federatsiyasini aybladi.

Manba: MOQ

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!