
Palmer: "Uning safimizga qo‘shilishidan xursandmiz"
Bugun tongda klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati chorak final uchrashuvida Londoning "Chelsi" klubi Braziliyaning "Palameyras" jamoasi ustida 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi. O‘yindan keyin "aristokratlar" etakchisi Koul Palmer o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"O‘z golim haqida gapirib o‘tsam, biz bunday vaziyatlarni mashg‘ulotlarda ko‘p mashq qilamiz. Bo‘sh maydonga ko‘zim tushdi, o‘sha tomonga yugurdim va gol urdim. Tanaffus payti bosh murabbiyimiz bizga hotirjam bo‘lishni, to‘pni bir-birlaringizga uzatishda davom etishimizni aytdi.
Jamoamizga yangi qo‘shilgan Estavao u yuqori darajadagi futbolchi ekani ko‘rinib turibdi. Uning safimizga qo‘shilishidan xursandmiz",- dedi angilyalik yarim himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, londinliklar 2024 yilda Estevaoni Braziliya klubidan bonus pullari bilan birga 61 million evro evaziga sotib olgandi. Musobaqa oldidan klublar 18 yoshli hujumchini “Chelsi” bilan shartnomasi 1 iyuldan kuchga kirganiga qaramay, uning o‘z jamoasida o‘ynashiga kelishib olishgan.
Fikrlar