Palmer maxsus oyoq kiyim bilan "Chelsi mashg‘ulotlariga qaytdi

  • 24 noyabr, 22:43
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer oyoq barmog‘idagi jarohatdan keyin mashg‘ulotlarga qaytdi.

Tecno

Ma’lumotlarga ko‘ra, Palmer o‘tgan hafta uyida barmog‘ini urib olgan va unda kichik siniq aniqlangan. Futbolchining tezroq tiklanishi uchun klub unga maxsus oyoq kiyim (butsi) tayyorlatgan.

Bugun "Sky Sports News" nashrining xabar qilishicha, Palmer "Chelsi"ning umumiy guruh mashg‘ulotlarining bir qismini to‘liq bajargan.

25 noyabr, seshanba kuni "aristokratlar" Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-turida "Barselona"ga qarshi o‘ynaydi. 30 noyabr kuni esa londonliklar APLda "Arsenal"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!