Palmer keyingi turda ham "Chelsi"ga yordam bera olmaydi
"Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer APL doirasidagi navbatdagi bahsni o‘tkazib yuboradi.
Palmer "Fulxem"ga qarshi o‘yinda jarohat tufayli jamoaga yordam bera olmaydi. Bu ma’lumotni jamoa bosh murabbiyi Entso Mareska o‘yin oldi matbuot anjumanida tasdiqladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan turda "Vest Xem"ga qarshi o‘yin oldidan Palmer chigil yozdi mashg‘ulotlar paytida noqulaylik his qilgan va tarkibdan chiqarilgan edi. O‘shanda o‘z etakchisisiz "Chelsi" 5:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.



Fikrlar