Palmer: "Arsenal"ga qarshi o‘yin uchun hujum chizig‘imiz tayyor"
Angliyalik hujumkor yarim himoyachi Koul Palmer “Arsenal”ga qarshi bahs oldidan fikr bildirdi.
“Chelsi”ning hujum chizig‘i derbiga tayyor holatda deb aytolaman, bizda jarohatlar yo‘q. G‘alaba qozogan taqdirimizda, hali hursand bo‘lishga erta. Eng muhimi, aprel oyigacha hozirga egallab turgan o‘rinimizni ushlab qolishimiz kerak. Shundan so‘ng, mavsum biz uchun yaxshi o‘tyapti desak bo‘ladi”, - dedi Koul.
“Aristokratlar” yakshanba kuni "Stemford Bridj"da bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda g‘alaba qozonib, “to‘pchilar”larga maksimal yaqinlashib olishga umid qilmoqda. Taniqli “Sky Sports” nashrining xabar berishicha, Koul Palmer jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lgan va “Arsenal”ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishi kutilmoqda. Angliyalik hujumkor yarim himoyachi so‘ngi 10 haftada jarohati tufayli jamoasiga yordam bera olmadi.
Ma’lumot o‘rnida, London derbisi 30 noyabr kuni 21:30'da start oladi.



Fikrlar