
Palinyaning "Bavariya"ga transferi barbod bo‘ldi
"Bavariya" Gravenberxni qo‘yib yuborganidan keyin yarim himoyachi sotib olishni reja qilgandi. Klub buning uchun "Fulxem" bilan Palinya borasida muzokaralar olib bordi va deyarli kelishuvga ham erishgandi. Ammo Germaniyada transferlar oynasi yopilgani sababli, myunxenliklar futbolchidan ayrildi.
Palinya Germaniyaga etib kelgandi. U "Bavariya" bilan 5 yillik shartnoma imzolash bo‘yicha kelishib oldi. 28 yoshli portugal endi Londonga qaytishiga to‘g‘ri keladi.
Ma’lum bo‘lishicha, nemislar boshqa yarim himoyachilar bilan ham muzokaralar o‘tkazdi, lekin endi ular transfer amalga oshira olmaydi.
Fikrlar