Pakyao va Meyvezer o‘rtasida ikkinchi jang bo‘ladimi?

  • 16 sentabr, 2019, 16:40
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Afsonaviy bokschi, beshta toifadagi sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer Menni Pakyao bilan ringda yana bir bor uchrashadi.Bu borada u o‘z Instagram sahifasida ma’lum qilgan. Unda yozishicha  Floyd Yaponiyada o‘z jamoasi bilan birga, Pakyao bilan jang qilish uchun ish olib borayotganini ma’lum qildi. Biroq, bu rasmiy jang emas, balki ko‘rgazmali chiqish ekanligini ham aytib o‘tgan. Agar, Floyd va Menni kelisha oladigan bo‘lsa, unda ringdagi ikkinchi uchrashuv Yaponiyaning poytaxti Tokioda bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Meyvezer Yaponiyada ko‘rgazmali jang o‘tkazishga ulgurgan. U 2018 yil 31 dekabr kuni kikboksingchi Tenshin Natsukavani nokaut qilgandi. Floyd bundan keyin ham shou tarzidagi chiqishlarini davom ettirishini aytdi. Mish-mishlarga ko‘ra, tez orada TMT Xitoyda ham shunday jang  o‘tkazishga niyatida ekan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!