Pakyao dunyoning eng zo‘r bokschisini aytdi

  • 26 iyun, 2024, 10:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Afsonaviy filippinlik bokschi va bir necha vazn toifalarida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao vazn toifasidan qat’i nazar, o‘zi eng yaxshi deb hisoblagan bokschini nomini aytdi.

 "Men uchun eng zo‘r bokschi – Naoya Inoue", - deb javob berdi Pakyao Seconds Out Out nashriga bergan intervyusida. Inoue ikkinchi o‘ta engil vazn toifasida amaldagi mutlaq jahon chempioni hisoblanadi. Uning bugungi kundagi professional rekordi 27-0, 24 KO.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 45 yoshli Pakyao ringga qaytishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!