“Pakhtakor Cup” turnirida yangi chempionlar aniqlandi

CHERY AUTO

Poytaxtimizda xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘smirlar o‘rtasida J30 tasnifiga kiruvchi “Pakhtakor Cup” turniri bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Mazkur musobaqaning o‘g‘il bolalar orasidagi yakkalik bahslari finalida hamyurtimiz Mahmudbek Beknazarov va qozog‘istonlik Mansur Sainov bosh sovrin uchun o‘zaro raoqbatlashdi. Afsuski, ushbu bahsda Mahmudbek 4:6, 2:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Natijada M.Sainov turnir g‘olibiga, M.Beknazarov vitse-chempionaga aylandi. 

Juftlik bahslarida neytral tennischilar Ivan Matveev va Ivan Molgin bosh sovringa ega chiqdi. Yosh tennischimiz Amir Safoeva va neytral tennischi Nikita Kletsov tandemi ikkinchi bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasidagi yakkalik bellashuvlarida neytarl tennischi Emiliya Fedosseva barcha raqiblarini mag‘lub etib chempionga aylangan bo‘lsa, juftliklar orasida mamlakatimiz sharafini himoya qilgan Nigina Alimova hamda Zlata Chinnova dueti g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
07/05/2025 16:58
нейтрал эмас, урисиялик тенисчилар ютиб чикибди. бутун дунеда урислар дисквалификация килинган.
бизда хам катнашиш та'кикланса, совринлар узимизда колар эди