Paketaning diskvalifikatsiyasi bo‘yicha qaror qabul qilish kechiktirildi

  • 8 aprel, 15:08
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Xem" futbolchisi Lukas Paketa ishi bo‘yicha tinglovlar iyunga qoldirildi. Braziliyalik futbolchi o‘z ishtirokidagi o‘yinlarga garov tikishda ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Tecno

Mustaqil komissiya bu murakkab ishni belgilangan uch hafta ichida yakunlay olmagani sababli, tekshiruv iyungacha davom ettiriladi. Bu haqda The "Guardian" xabar berdi.

 "Men o‘z nomimni oqlash uchun oxirigacha kurashaman. Menga bildirilgan ayblovlar meni hayratda qoldirdi va xafa qildi",- dedi Paketa.

Ushbu ayblovlar tufayli Paketaga barcha musobaqalarda umrbod diskvalifikatsiya tahdid solmoqda. 

Shuningdek, u mart oyida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati saralash o‘yinlariga Braziliya terma jamoasidan chaqiruvni rad etishga majbur bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!