O‘zPFL tomonidan klublar uchun muhim yig‘ilish o‘tkazildi

  • 15 dekabr, 19:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Liga professional klublar rahbariyati, TMS, litsenziyalash va futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun mas’ul menejerlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Uchrashuv shu yilning 2 dekabr kuni assotsiatsiya va Liga o‘rtasidagi kelishuv asosida tashkil etildi.  

Tecno

O‘zPFL matbuot xizmatining xabar berishicha, klub endilikda FIFA tizimi bilan integratsiya qilingan platformaga nafaqat Liga bayrog‘i ostida o‘tadigan musobaqalarda ishtirok etadigan futbolchilarini, balki o‘z havaskorlarini ham yuklashi talab etiladi. Bu bilan bir vaqtning o‘zida uch yo‘nalish tartibga keltiriladi: 

• klub qoshidagi futbol maktabi/akademiyasi tarbiyalanuvchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali elektron futbolchi pasportini yuritish tizimi yo‘lga qo‘yiladi; 

• klubning OFK litsenziyalash platformasiga o‘z tarbiyalanuvchilari haqidagi ma’lumotlarni yuklashi masalasi soddalashtiriladi va shaffoflashtiriladi; 

• klubning o‘z tarbiyalanuvichisi uchun kelajakda qo‘lga kiritishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy mashg‘ulot kompensatsiyasi yoki birdamlik mexanizmi mablag‘larini hisoblash tizimi tartibga solinadi. 

Superliga misolida ko‘rsatilsa, Paxtakor, Nasaf, Bunyodkor, Mash’al, Sho‘rtan va Lokomotiv klublari bir necha yillardan buyon o‘z tarbiyalanuvchilariga jiddiy e’tibor qaratib keladi. 2025 yilga kelib o‘z tizimida maktab tashkil qilayotgan klublar soni ortib, Neftchi, OKMK va So‘g‘diyona klublari ham o‘z akademiyasiga asos soldi. Bu haqda rasman e’lon qilganiga bir necha oy to‘lgan bo‘lsa-da, Liga endilikda klublardan tezlashishni talab qiladi. Ular yanvar oyidayoq U10 yosh toifasidan boshlab, U17 yosh toifasiga qadar ketma-ketlikda jamoalarni tashkil qilishi va har bir yosh toifasi uchun eng kamida 25 nafardan tarbiyalanuvchini elektron ro‘yxatdan o‘tkazishi shart. Bunda har bir tarbiyalanuvchi klub tizimiga rasmiy buyruq asosida qabul qilinishi va yosh futbolchining faoliyati to‘liq monitoring qilib borilishi lozim.

Bir necha yillardan buyon assosiatsiyasining amaliy ko‘magi bilan OFK litsenziyalashida qatnashib kelayotgan, biroq bugunga qadar o‘z maktabi masalasida jiddiy bosh qotirmagan Dinamo, Navbahor, Qizilqum, Surxon, Andijon, Qo‘qon-1912, Buxoro, Xorazm kabi klublar esa O‘FA bilan hududiy futbol maktablari boshqaruvini qo‘lga olish yuzasidan shartnoma imzolaydi. Bunda ulardan ham yuqoridagi yosh toifalari bo‘yicha minimum 25 nafardan tarbiyalanuvchini Liga ro‘yxatidan o‘tkazish so‘raladi. Unga qadar esa klub professional futbolchini ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi. 

Yuqoridagi masalalar har bir klub tomonidan qonun hujjatlari, reglament talablari asosida to‘la tartibga keltirilishi shart. Klubning masalaga engil munosabatda bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!