O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida qanday masalalar ko‘rib chiqildi?

  • 17 dekabr, 2022, 14:38
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

16 dekabr kuni O‘zPFL Ijroiya qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:

Tecno

• “Superliga va Pro liga reglamenti” loyihasi;

• Superliga formati va Pro ligaga kiritilayotgan o‘zgarishlar masalasi;

• 2023-yilgi mavsum taqvimi loyihasi;

• 2023-yilgi musobaqalar uchun qatnashchilik badali, musobaqaga qo‘shilish badali, legioner futbolchilar va xorijlik mutaxassislarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun to‘lov miqdori;

• O‘zPFL hisobidagi undirishning imkoni mavjud bo‘lmagan qarzlardan voz kechish va uni hisobdan chiqarish masalasi;

• musobaqalar qatnashchilariga O‘zPFL tomonidan taqdim etiladigan to‘plar masalasi;

• Hawk-Eye Innovations va O‘FA o‘rtasida imzolangan shartnomaga muvofiq VAR tizimining 2023-yil uchun litsenziyasi to‘lovini to‘lab berish masalasi;

• O‘zPFLning Jahon professional futbol ligalari assotsiatsiyasi a’zosiga aylanishi masalasi.

Ijroqo‘m yig‘ilishida uning 9 a’zosidan 8 nafari ishtirok etdi. A’zolar orasidan Aziza Tatlimuratova ayni vaqtda Qatarda bo‘lib turganidan kelib chiqib, yig‘ilishda ishtirok eta olmadi.

Bugun kun davomida Ijroqo‘m yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan masalalarga batafsil to‘xtalib o‘tiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
asl_legioner
17/12/2022 16:04
Илтимос УФА ва ПФЛ ни футболистларга беринглар....Журналистлар эгаллаган хамма жойни,факат огизда гаплар.... УФА ва ПФЛ савол? Олдинлари хамма мусобакада группадан чикар эдик хозир эсс эса МУАММО....НИМАГА? Одил мумкин Максудга мумкин колганлари Журналист акаларку .....