
“O‘zingni hurmat qil , chol...”. Ronalduning opasi “Real” prezidentiga javob qaytardi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduning opasi Katya Aveyru "Real" prezidenti Florentino Peresning portugaliyalik haqidagi gapiga javob qaytardi.
“Ronaldu 38 yoshda, lekin u hali ham ikki metrdan balandroq sakray oladi. Ukamning tanasida umuman yog‘ yo‘q. O‘zingni hurmat qil, chol, sen 75 yoshdasan...”, — deb yozdi Aveyro ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.
Ma’lumot o‘rnida, UEFA Superkubogi doirasidagi "Ayntraxt"ga qarshi o‘yin oldidan bir muxlis Madrid klubi rahbaridan portugaliyalikni klubga qaytarish imkoniyati haqida so‘ragan va Peresdan u 38 yoshda ekanligi haqida javob olgan edi.
37 yoshli portugaliyalik (Ronaldu 2023 yilning fevralida 38 yoshga to‘ladi) “Manchester Yunayted”ni tark etmoqchi, chunki u Chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoaga o‘tishni istamoqda.
Fikrlar