O‘zil Emeriga: Sen - murabbiy emassan

  • 3 iyun, 2019, 23:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi yarim himoyachisi Mesut O‘zil jamoa bosh murabbiyi Unai Emerini qattiq tanqid qilgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Hurriyet nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 30 yoshli germaniyalik futbolchi “Chelsi”ga (4:1) qarshi bo‘lib o‘tgan Evropa ligasining 78-daqiqasida zaxiraga olingach Emeriga: “Sen – murabbiy emassan”, - deb aytgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zil va Emeri o‘rtasidagi munosabatlar butun mavsum davomida yomon bo‘lib keldi. Ispaniyalik mutaxassis shu sababli uni deyarli zaxira futbolchisiga aylantirib qo‘ydi. 

Bundan avvalroq "Arsenal" rahbariyati O‘zilni transferga qo‘ygani haqida xabarlar ham tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!