
O‘zil 0:6 dan keyin nimalar dedi?
"Arsenal" yarim himoyachisi Mesut O‘zil "Bavariya" himoyachisi Jerom Boatengni terma jamoaga qaytarish kerakligini aytib o‘tdi.
Kuni kecha, Germaniya Millatlar ligasi doirasida Ispaniya terma jamoasiga 0:6 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Jerom Boatengni terma jamoaga qaytarishni ayni payti," - deb yozdi O‘zil o‘zining Twitter sahifasida.
So‘nggi bor, 32 yoshli futbolchi 2018 yilning oktyabr oyida terma jamoa libosida maydonga tushgandi.
Yoaxim Lyov Boatengni terma jamoaga qaytarishni rejalashtirmayotganini ta’kidlagandi.
Fikrlar