
O‘zi ham, goli ham kerak emas...
“Manchester Siti” rahbariyati ispaniyalik himoyachi Emerik Lyaportni yozgi transferlar oynasi yopilgunicha boshqa jamoaga sotib yubormoqchi.
Bu futbolchi ichki raqobatda Ruben Diash va Jon Stounzga engilmoqda va yangi mavsumda ham zaxirada qolib ketishi mumkin.
“Shaharliklar” Lyaportga “Real” va “Yuventus”dan qiziqish borligini inobatga olgan holda, uning transfer summasini 70 million evro qilib belgiladi.
Lyaport Xosep Gvardiola jamoasiga 2018 yilning yanvarida “Atletik”dan transfer qilingan. Iste’dodli himoyachi joriy mavsumni muvaffaqiyatli boshlab, premer-liganing ikkinchi turida “Norvich” darvozasini ishg‘ol qildi.
Fikrlar