
O‘zFHM rahbari lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston futbol hakamlari markazi rahbari Laziz Qo‘chqorov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan rasman lavozimidan ozod etildi. Bu haqda O‘zFHM matbuot xizmati xabar berdi.
"Ikki yarim yillik faoliyatim davomida hakamlik sohasini rivojlantirish, hakamlarning halol va jozibali ish olib borishiga va Markaz uchun ijobiy islohotlar o‘tkazishga bor kuchim bilan harakat qildim. Ushbu yo‘nalish men uchun katta tajriba bo‘ldi. Fursatdan foydalanib, butun o‘zbek futboli jamoatchiligiga, jonkuyar muxlislarga o‘z minnatdorchiligimni bildirib qolaman. Markazning kelgusi faoliyatiga esa faqat muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolaman!" — Laziz Qo‘chqorov.
Ma’lumot uchun, Laziz Rixsiboevich 2022 yil 16 iyundan Markaz rahbari sifatida ish boshlagandi.
Fikrlar