O‘zbekistonning sovrindor bokschilaridan biri muhim qaror qabul qildi

  • 1 iyun, 2020, 22:25
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Havaskor yo‘nalishda ajoyib natijalar qayd etgan, sovrindor bokschilarimizdan biri Jasurbek Latipov, 2019 yil yanvar oyida Andijon viloyatining Xonobod shahrida  professional boksdagi debyut jangini o‘tkazishi kerak edi.  Lekin ba’zi sabablarga ko‘ra, ushbu voqeylik amalga oshmagandi. Biz mazkur jang nega bo‘lmaganligi va umuman bundan buyon faoliyatini qay tarzda olib borishi haqidagi rejalari bilan qiziqdik. 

Tecno

- To‘g‘ri, professional boksdagi ilk jangim Xonobod shahrida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Lekin raqib borasida ba’zi muammolar tufayli, debyutim amalga oshmadi. Lekin bu yo‘nalishda ham o‘zimni sinab ko‘rish niyatidaman. Aniqroq qilib aytadigan bo‘lsam, yaxshiroq promouterlik kompaniyasidan taklif tushsa, keyingi faoliyatimni professional boks bilan bog‘layman. Agar, bunday takliflar bo‘lmasa, yana havaskorda davom etmoqchiman. Chunki, bu yo‘nalishda amalga oshiradigan ishlarim qolgan!

Ma’lumot uchun, Jasurbek Latipov uch karra joahon chempionati sovrindori ya’ni, 20011 yilgi Baku mezbonligidagi chempionatda bronza, 2013 yilgi Alma-Atada bo‘lib o‘tgan turnirda kumush va 2017 yilgi Gamburg shahrida tashkil qilingan musobaqada ham vitse-chempionlikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2017 yilgi Osiyo chempionati g‘olibi, 2013 yilgi Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon yozgi Universiada o‘yinlari bronza medali sohibi, 2018 yil Jakarta mezbonligidagi Osiyo o‘yinlari chempioni hisoblanadi. U mazkur natijalarning barchasini 52 kg vazn toifasida qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Doniyorjon Abdurasulov ⚖️
02/06/2020 10:46
20011 yilgi Baku mezbonligidagi ... ????????????????????????