O‘zbekistonning kuchli to‘rtlikka kira olmasligi, pichoqqa ilinadigan futbolchining yo‘qligi, olimpiyachilarimizning “fantastik” o‘yini. (Mulohaza)

  • 24 may, 2019, 17:28
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, FIFA yaqindagina 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati 32 ta terma jamoa qatnashishini rasman e’lon qildi. Bunga qadar jamoalar sonini 48 taga etkazilish borasida ishlar olib borilgandi. Biroq yakunda jamoalar soni oshirilmadi.

Tecno

Ushbu xabardan so‘ng biz futbol sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzaevga yuzlandik va ularning ushbu ma’lumot biz uchun qanday salbiy tomonlari borligiga qiziqdik.

- Biz siz bilan birgalikda xohlaymizmi yo‘qmi, har qanday sharoitda terma jamoamizni yaxshi ko‘ramiz. Futbolchilar, murabbiylar noto‘g‘ri qaror qilganda, natijalar ko‘ngilni ranjitganda o‘sha kuni asabimiz buziladi. Lekin ertasi kuni yangi umid bilan uyg‘onamiz. Keyingi uchrashuvlarni kuta boshlaymiz. Chunki bu qon qonimizga singib ketgan futbolga bo‘lgan mehrning ta’siri bo‘lsa kerak. Yaqin yaqingacha har safar jahon chempionatiga chiqishga bir bahiya etmay qoldi deb o‘zimizni ovutardik va keyingisida hudo xohlasa, jahon chempionati final bosqichida 32 ta emas, balki 48 ta jamoa ishtirok etarkan, o‘shanda, albatta, O‘zbekiston futbolchilari mundialga borishadi, Hojiboy Tojiboev aytganidek, hech bo‘lmasa muzqaymoq eb kelishadi deb, o‘zimizni o‘zimiz yupatardik.

Xabaringiz bo‘lsa kerak, FIFA 2022 yili Qatarda o‘tkaziladigan jahon chempionatida 32 ta milliy terma jamoa ishtirok etishini rasman tasdiqladi. Mabodo 48 ta bo‘lib qolarmikan degan umidlar sarobga aylandi. Qatarning o‘zi mundialni 48 ta jamoa ishtirok etishiga tayyorligini bildirgani e’tiborga loyiq. Qatarliklar hozir qurilayotgan, bittasi foydalanishga topshirilgan stadionning yoniga yana 4 ta arena qo‘shib qo‘yish mumkinliklarini bildirishdi. Faqat mezbon davlat ana shu stadionlar sig‘imini 20 000dan oshmasligini taklif qildi. FIFA bu taklifga ko‘nmadi. Qo‘ni-qo‘shnilar o‘tkaza qolsin degan variant ham o‘zini oqlamadi. Qatar atrofidagilar jahon chempionati saviyasidagi o‘yinlarni o‘tkazishga tayyor emasliklarini bildirishdi. Ba’zi mamlakatlar siyosiy nuqta’i nazardan bunga rozilik bermadi. Nima bo‘lganda ham 2022 yilgi jahon chempionati saralashiga Osiyoga to‘rt yarimta o‘rin ajratilmoqda xolos. O‘sha yarimtasini olib tashlaylik. To‘rtta deylik. Biz o‘sha to‘rttaning ichiga kira olamizmi? Keling, o‘zimizni aldamaylik. Agar bugungi futbol bo‘lsa, 4 ta etakchi jamoa orasida bizga joy tegmaydi. Bu yoqmaydigan haqiqat. Lekin o‘zimizni aldaganimizdan nima foyda? To‘g‘risi, bir tasavvur qilib ko‘ring. Bugun qit’a miqyosidagi futbolni muntazam ravishda kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, biz Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya, Eron, Qatar kabi terma jamoalardan bir bosh ustunmiz deb ayta olasizmi? Agar futbolni kuzatib borayotgan bo‘lsangiz, bu savolga ijobiy javob bermaysiz. Vaholanki, buyoqda hali Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, Iroq, Suriya, Shimoliy Koreya va bir qator mamlakat terma jamoalari ham bor. Shu terma jamoalarning o‘yinlarining ko‘pini yanvar oyida o‘tkazilgan Osiyo Kubogida ko‘rdik. Biznikilarning o‘yinini tomosha qildik. Avstraliya kuchsizlangan holda bizdan ustun chiqa bildi. Bizchi? Qaysi tarkib bilan Eron, Janubiy Koreya, Yaponiyani bemalol yuta olamiz? Bugun maydonga tushayotgan futbolchilarimizdan qaysi biri o‘sha raqiblarning futbolchilarini qo‘rqita oladi, dog‘da qoldirishni uddalaydi?

Sardor-Rashidov (1) (1)

Bugungi kunda Osiyo chempionlar ligasida ishtirok etayotgan klublar orasida faqatgina Odil Ahmedov qoldi xolos. Portugaliyaga ko‘chib o‘tishi bilan faxrlanganimiz Sardor Rashidov bitta uchrashuvda ajoyib natijani qayd etdi, tarixga o‘z nomini muhrladi va uyga qaytib keldi. Yana kim bor?

Klublarimiz OChLda qanday ishtirok etganidan xabaringiz bor. Vaholanki, klublar orasidagi musobaqalarda bir qator raqiblarga hali duch kelmadik. Faqatgina g‘arbdagi klublari bilan o‘ynadik. Sharqda kuchayayotgan Tailand bor, Vetnam o‘z so‘zini aytmoqchi. Ha endi umid yo‘q ekan deb o‘tirsak, o‘tiraveramiz.

23 yoshliklar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz g‘alaba qozonganida, hammamiz rosa xursand bo‘ldik. Bu ham bor gap. Chinakamiga o‘sha jamoa ko‘rsatgan o‘yinidan zavq oldik. Ravshan Haydarovning murabbiy sifatida nimalarga qodir ekanligini ko‘rdik. Chunki teng o‘yin ketayotgan bir paytda, qo‘shimcha vaqtda himoyachi o‘rniga yarim himoyachi, hujumchini maydonga tushira olish O‘zbekistondagi uncha-muncha murabbiyning qo‘lidan kelmasdi, avval. Bir amallab penaltilar seriyasiga etib kelishni o‘ylashardi hamyurtlarimiz. Ravshan Haydarov boshqacha yo‘l tutdi. Uning shogirdlari, himoyachilari qo‘shimcha vaqtda hujumda yugurib yurganini ko‘rdik. Akramjon Komilov yarim finalda urgan golni hali esdan chiqarganimiz yo‘q. Yoki finalda uchrashuv yakunlanishi arafasida hamyurtimiz darvozani ishg‘ol qilib, chempionlikni keltirgani esingizda, albatta. Ana o‘sha jamoaning g‘alabasiga biznikilarning kuchi, shijoati, g‘ayrati, omadi kelishi bilan birga ayrim raqiblar bila turib, ongli ravishda yoshroq futbolchilardan iborat tarkibni olib borgani ham sabab bo‘lgandi. Yodingizda bo‘lsa, Yaponiya Osiyo chempionatiga 2020 yili Tokioda bo‘lib o‘tadigan olimpiya o‘yinlarida ishtirok eta oladigan tarkib bilan tashrif buyurgan. Qolgan mamlakatlarda yoshlar ancha-muncha edi. Shu boisdan ham Indoneziyada o‘tgan Osiyo o‘yinlarida Ravshan Haydarov boshchiligidagi jamoamiz biz kutgan natijani – shuhsupaga ko‘tarilish vazifasini uddalay bilmadi.

photo_2018-08-14_16-29-48

Futbolimiz mutasaddilari chet eldan murabbiy olib kelishdi. Lyubinko Drulovich kelganida Evropa futboli yurtimizga o‘z havosi bilan kiradi deb kutdik. Biroq saralash bosqichidagi o‘yinlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, hali quvonishimizga erta ekan. O‘yin mayli. Yodingizda bo‘lsa, Tokio olimpiadasiga yo‘llanma beradigan Osiyo chempionati final bosqichiga yurtdoshlarimiz Tojikiston bilan 0:0 hisobidagi durang qayd etgan holda chiqishdi. Tojikiston terma jamoasiga Toshkentda birorta gol ura olmaganimizdan keyin murabbiydan ana shu voqea, hodisaning tahlilini kutgandik. Drulovich shogirdlarim juda zo‘r o‘ynashdi, fantastik futbol namoyish etishdi deganidan so‘ng, hayron-u, lol bo‘lib qoldik. Nahotki, o‘sha kuni siz bilan biz tomosha qilganimiz fantastik o‘yin bo‘lsa? Agar bu fantastik o‘yin desak, unda qaerga borishimizni bilmadim.

Kelgusi yil yanvarda Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Sovrindorlar Tokioga yo‘llanmani qo‘lga kiritishadi. Biz barchamiz hech bo‘lmasa mana shu avlod olimpiada o‘yinlarida qatnashsin, tajriba orttirsin. Keyin Qatarga jahon chempionatiga borish uchun yigitlar jon jahti bilan kurashadi va siz-u bizni xursand qiladi deb ishongimiz keladi. Haqiqatdan ham shunday bo‘lsin. Lekin o‘smirlar va yoshlar terma jamoalarimizning o‘yinlari va natijalari pasayib borayotgani kishini tashvishlantiradi. 16, 19 yoshgacha bo‘lganlar yaqin o‘tmishda jahon chempionatiga chiqibgina qolmasdan, mundialda chorak finalga borayotgandi va biz binga o‘rganishni boshlagandik. Endi esa jahon chempionati uyoqda tursin, Osiyo chempionati final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmayapmiz.

Futbolmizda islohotlar amalga oshirilayapti, terma jamoalar tarkibiga chinakam iste’dodlarni viloyatlardan topib kelamiz. Ularni, albatta, ko‘rasiz, kashf etamiz deyishgandi.

 

DAVOMI BOR...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Владислав Хан
24/05/2019 18:55
Шу Мирзахакимака нима дияптканларини ўзлари ҳам билмасалар керак.Бир инсон йўқки эй ака қўлиздан келадиган ишни қилин сизгамас танқидий чиқишлар қилиб. Сиз аёллар футболи ва болалар футболини шархласез. Йиғилишларда ўртага чиқволиб бошловчилик килиш ярашади деб. Хайф сизга Мирзахаким Тўхтамирзаев
АС МИЛАН
24/05/2019 23:03
Хорманг УФА вакили
Владислав Хан
25/05/2019 11:18
Эй қойил. Яхши лавозим берписиз. Рахмат
25/05/2019 11:27
Eeeee bor boʻling, borakansizuuuu. OʻFAda ikkinchi yila ishlashiz
Владислав Хан
25/05/2019 11:50
6 йил ишлавоман. Сиз Пахтакорда ишларкансиз. Манимча бу йилдан.
&
17/07/2019 16:45
Boshingdan issiq o'tkazib qo'yibsan-ku!