"O‘zbekistonni mag‘lub etishdan tashqari, ularga gol urish ham orzu bo‘lib qoldi"
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi xalqaro o‘rtoqlik turnirining finalida Eron bilan kuch sinashib, penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng ayrim fors nashrlari milliy terma jamoamiz haqida iliq fikrlar bildirishmoqda.
"O‘zbekistonni mag‘lub etishdan tashqari, ularga gol urish ham orzu bo‘lib qoldi", - deya yozib qoldirdi Eron kanallaridan biri.
Eslatib o‘tamiz, mazkur ikki jamoa o‘rtasidagi so‘nggi to‘qnashuvda ham hamyurtlarimiz g‘alaba qozongan edi (1:0). O‘sha to‘qnashuvda ham Eron terma jamoasi darvozamizni ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lmagandi.




Fikrlar