
O‘zbekistonliklarga xurmati cheksiz bo‘lgan WBO chempioni "Kanelo" va Lomachenkoni tan olmadi
Yarim o‘rta vazn toifasida WBO chempioni Terens Krouford “The Ring” tomonidan vazn toifasidan qa’tiy nazar eng yaxshilar orasida birinchi o‘rinda WBO chempioni Saul Alvares e’tirof etilayotganiga qo‘shilmaydi
“Pound for pound” reytingida Lomachenko yoki Alvaresni mendan ustun qo‘yganligiga qo‘shila olmayman. Kovalyov oldin ham nokaut bilan mag‘lubiyatga uchragan edi. Shuning uchun, "Kanelo" u bilan bog‘liq yanggilik qilmadi.
"Men har doim ringga eng zo‘r ekanligimni ko‘rsatish, jahonda eng yaxshisi ekanligimni isbotlash uchun ko‘tarilaman. Shuning uchun, eng kuchlisi menman “Kanelo” yoki Lomachenkoga emas”,- dedi Krouford.
Ma’lumki, joriy yil Terens Krouford yaqin do‘sti Sardor ismli hamyurtimizning taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyurib, Toshkent,Samarqand va Buxoroda bo‘lib, o‘ziga xos shoularda ishtirok etish barobarida yoshlarga mahorat darslari o‘tagan edi.
Ma’lumot uchun, “Pound for pound” reytingida Krouford to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan.
Fikrlar