
O‘zbekistonlik Saidjamshid Jafarov ham g‘alaba qozondi
Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha jahon chempionatining 3-kungi janglari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun 2 nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.
Dastlab -71 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov Mozambik vakili Osorio Muxangaga qarshi ringga chiqadi. Jang taxminan 16:10dan so‘ng boshlanadi.
-60 kg vaznlilar bahsida Mujibillo Tursunov gambiyalik Merri Kor bilan ringga ko‘tariladi. Jang tahminan 18:25dan so‘ng start oladi.
--------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------------
Bokschilar ringga chiqib kelmoqda. Hamyurtimiz qizil libosda, uning raqibi ko‘k formada harakat qiladi.
Birinchi raund boshlandi.
Bokschilar ilk soniyalarda bir-birini o‘rganmoqda. Saidjamshid oldinga o‘tmoqda. Vakilimiz raqibining qorin qismiga ancha kuchli zarbalar yo‘lladi. Ikkilik va uchlik zarbalarini yo‘lladi vakilimiz. Mozambikliklar bokschi ancha qiyin ahvolga tushib qolmoqda. Hisob ochildi. Lekin Osorio Muxanga jangni davom ettira olishini bildirdi.
Birinchi raund yakunlandi. Hakamlar bir ovozdan Saidjamshidning ustunligini qayd etishdi 5:0.
Ikkinchi raund boshlandi.
Saidjamshid Jafarov raqibinning yuz qismiga ikkilik zarbalarini yo‘naltirdi. Uning zarbalari aniq va kuchli chiqmoqda. Mozambiklik bokschi hamyurtimizga yaqinlashishga urinmoqda. Ammo u yaqinlashgani sari Saidjamshid chap qo‘lida kuchli zarbalar bilan kutib olmoqda.
Ikkinchi raund yakunlandi. Hakamlar yana bir ovozdan Saidjamshidning ustunligini qayd etishdi 5:0.
Uchinchi raund boshlandi.
Mozambiklik bokschi ancha jonlandi. U hamyurtimizni ta’qib qilmoqda. Klinch. Saidjamshid vaziyatdan chiqishga urinmoqda. Jafarov yakkalik zarbalari bilan cheklanmoqda. Hamyurtimiz raqibining yuz qismini nishonga olmoqda va uning harakatlari aniq chiqmoqda.
Uchinchi raund yakunlandi. Hakamlar yana bir ovozdan Saidjamshidning ustunligini qayd etishdi 5:0. Saidjamshid yakuniy 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Fikrlar