O‘zbekistonlik murabbiyning Moskvada nufuzi tobora ortib bormoqda yoxud u Rossiyada munosib taqdirlandi (Video)

CHERY AUTO

Rossiyaning Moskva viloyati Serpuxov okrugida muaytay bo‘yicha o‘z klubiga asos solib,  mahalliy yoshlarga ushbu yakkakurash sir-asrorlarini o‘rgatib kelayotgan o‘zbekistonlik Dilshod Mirzaev Serpuxov shaharlari okrugi hokimi Yuliya Kupetskaya tomonidan ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazish va tashkillashtirishga qo‘shayotgan hissasi tufayli taqdirlandi. 

Tecno

Rossiya 

Ushbu hamyurtimizning saytimizga ma’lum qilishicha, u mazkur hududda muaytay bo‘yicha federatsiya rahbari sifatida ham faoliyat olib boradi. Yurtdoshimiz pandemiya  vaqtida ochiq havoda minglab insonlarga sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini olib borgan. Rossiyaning eng nufuzli partiyasi hisoblanuvchi “Edinaya Rossiya” tomonidan ilgari surilgan ushbu tarzdagi loyihadagi jonbozligi munosib taqdirlangan va u shu hududda sportni rivojlantirish bo‘yicha mas’ul insonlardan biri sifatida tayinlangan.  

Dilshod1

Hamyurtimizning Moskva viloyatida  asos solgan klubi “Kremen” deya nomlangan va hozirda uning qo‘l ostida 200 dan ortiq yoshlar ushbu jangovar sport turi bilan shug‘ullanib kelishmoqda.  

Dilshod Mirzaev sportchilik vaqtida ham salmoqli natijalar qayd etib, yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan. Jumladan, muaytay bo‘yicha O‘zbekiston chempioni, jahon chempioni, Osiyo o‘yinlari vitse-chempioni, harbiylar o‘rtasida qo‘l jangi bo‘yicha mamlakat chempioni bo‘lgan. Muaytay bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi sanaladi.  

dil

Shuningdek, professional yo‘nalishda 2014 yil Rossiyada tashkil qilingan K-1 bo‘yicha RAMTL Gran-pri turnir g‘olibi, 2014 yil Tailandning Pattayya shahrida interkontinental kamarini qo‘lga kiritgan. 2016 yil Eronning  Tehron shahrida  K-1 bo‘yicha  jahon chempionati kumush medali sohibiga aylangandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!