
O‘zbekistonlik murabbiyga xorij klublaridan qiziqishlar bo‘lmoqda
Kazfootball.kz muxbiriga malum bo‘lishicha, 43 yoshli o‘zbekistonlik mutaxassis Ulug‘bek Baqoev faoliyatini xorijda davom ettirishi mumkin. "So‘g‘diyona" klubi murabbiyi Qozog‘iston klublaridan birini boshqarish ehtimoli bor.
O‘tgan mavsumda Ulug‘bek Baqoev jizzaxliklar boshqaruvida Superligada kumush medallarga ega chiqqandi. "So‘g‘diyona" ilk mamlakat chempionatida vitse-chempionga aylandi.
Baqoev xorij klublari, jumladan, Qozog‘iston jamoalarining ham e’tiborini tortdi. Mutaxassis allaqachon o‘z kelajagi haqida o‘ylay boshlagan.
Ulug‘bek Baqoyev Qozog‘istonning “Tobol”, “Jetisu” va “Irtish” klublarida to‘p tepgan. "Tobol" tarkibida vakilimiz 2010 yili Qozog‘iston chempioni bo‘lgan, shuningdek, mamlakat kubogi va Intertoto kubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar