
O‘zbekistonlik muaytaychilar kuchli uchlikdan joy oldi
2025 yil 12-16 fevral kunlari Birlashgan Arab Amirligining Abu Dabi shahrida bo‘lib o‘tgan muaytay bo‘yicha barcha yosh toifalari o‘rtasida “UAE Muay Thai Open Championship 2024” xalqaro turnirida o‘zbekistonlik sportchilar ham munosib ishtirok etdi.
Mazkur nufuzli musobaqada 8 ta davlatdan 850 nafarga yaqin muaytaychilar g‘oliblik uchun bellashdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi 40 nafar ishtirokchi bilan 34 ta medal - 16 ta oltin, 13 ta kumush, 5 ta bronzani qo‘lga kiritishdi hamda umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egalladi.
Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar