O‘zbekistonlik "Kichik Tayson" yoxud Vetnamdagi uchlikning jang qilish sanasi aniq bo‘ldi

  • 21 iyun, 2020, 22:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Vetnamda tayyorgarliklarni davom ettirayotgan Janubiy Koreyaning “Cocky Buffalo” promouterlik kompaniyasi mijozlari  - Olimjon Nazarov (25-5,14 KO), Abdurasul Ismoilov (8-1, 5 KO) hamda Ravshanbek Shermatov (5-1,2 KO) 16 avgust kuni navbatdagi janglarini o‘tkazishlari haqida xabar bergandik.

Tecno

Ushbu professional bokschilarimizning murabbiyi Bobur Najmiddinovning saytimizga ma’lum qilishicha, mazkur janglar 27 sentyabrga qoldirilgan. Ma’lumki, ushbu to‘qnashuvlarda "Kichik Tayson" deya nom qozongan Olimjon Nazarov o‘zining WBO Oriental kamarini himoya qilsa, qolgan ikki yurtdoshimiz reyting jangida ringga ko‘tariladi. Raqiblarga ham tez orada aniqlik kiritiladi.

Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!