O‘zbekistonlik karatechilar jamoaviy kumite bahslarida bronza medali uchun tatamiga chiqishadi (Video)

BEPUL PROPAN

Ayni kunlarda Dubay shahrida karate WKF bo‘yicha kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Quvonarlisi, bu galgi jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yakkalik bahslarda Doston Otabolaev finalga yo‘l olgan bo‘lsa, -55 kgdagi vakilamiz Sevinch Rahimova bronza medali uchun tatamiga chiqadi. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan jamoaviy kumite bahslarida terma jamoamiz vakillari dastlab Jazoirni 3:1, navbatdagi bosqichda Daniyani 3:0 va chorak finalda anchagina jiddiy raqib Ukraina terma jamoasini ham 3:0 hisobida mag‘lub etib, yarim final bosqichiga yo‘l oldi va  O‘zbekiston karate WKF olamida yangi sahifa ochdilar. Afsuski, bu bosqichda biroz omad yuz o‘girdi va Serbiya jamoasiga 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lib, bronza medali uchun bahs yuritadigan bo‘ldi.

Endi, hamyurtlarimiz bronza medali uchun anchagina nomdor ozarbayjonliklarga qarshi tatamiga chiqadi. Ushbu qarama-qarshilik 21 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bu borada yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishiga tilakdoshmiz!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!