
O‘zbekistonlik karatechilar “Istanbul Premier League” turniri medallari uchun tatamiga chiqadi
Turkiyada davom etayotgan “Istanbul Premier League” turniri eng qizg‘in pallaga kirdi. Bugun, kumite yo‘nalishida bronza medal uchun va final janglari bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumki, ushbu nufuzli turnirda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etmoqda. Vakillarimizdan ikki nafari hal qiluvchi onlarga qadar etib keldi. Har ikkisi bugun medallar uchun tatamiga chiqadi. Jumladan, -60 kg vaznda Sadriddin Saymatov rossiyalik Evgeniy Plaxutinga qarshi bronza medal uchun bahs olib borsa, -75 kg vaznda Doston Otabolaev italiyalik Luidji Busaga qarshi turnir g‘olibligi uchun jang qiladi.
Mazkur muhim bahslarda yurtdoshlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
Fikrlar