
O‘zbekistonlik jangchida “One Championship”bilan shartnoma tuzish imkoni bor, ammo u jiddiy sinovdan o‘tishi kerak
28 noyabr kuni Rossiyaning Ekaterinburg shahida RCC hamda Singapurning “One Championship” (One FC) promouterlik kompaniyalari hamkorligida jang kechasi tashkil etiladi.
Biz uchun ahamiyatli jihati, mazkur turnirda hamyurtimiz Mavlud Tifiev ham 65 kg vazn toifasida o‘z jangini o‘tkazadi. U mezbonlar vakili Kirill Xomutovga qarshi ringga ko‘tariladi. Mazkur jang professional muaytay bo‘yicha o‘tkaziladi.
Ushbu to‘qnashuvning bahosi juda yuqori bo‘lib, jang g‘olibi “One Championship” promousheni bilan to‘rtta jang uchun shartnoma tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ma’lumki, Singapur promousheni nafaqat MMA, balki professional kikboksing, muaytay kabi yakkakurash turlaridan ham jang kechalarini tashkil qiladi.
Malumot uchun, Krill Xomutov professional muaytay bo‘yicha 10 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. Hamyurtimiz esa anchagina tajribali sanaladi. U faoliyati mobaynida professional yo‘nalishda 55 marotaba ringga ko‘tariladi va ularning 41 tasida g‘alaba qozonadi. 12 ta mag‘lubiyat va 2 ta durang ham qayd etgan.
Fikrlar