
O‘zbekistonlik hakamlar VAR tizimi bo‘yicha OFKning seminarida ishtirok etishdi
Ushbu seminar 2020 yilning yanvar oyida Tailandda bo‘lib o‘tadigan U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik doirasida tashkil etildi.
Unda 16 ta mamlakatdan hakamlar ishtirok etishdi. Jumladan, O‘zbekistondan Valentin Kovalenko, Ilgiz Tantashev hamda Aziz Asimov kabi referilar VAR tizimi bo‘yicha o‘tkazilgan seminarda qatnashishdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar berib o‘tdi.
Hakamlar seminar davomida VAR tizimi bo‘yicha amaliy va nazariy bilimlarga ega bo‘lishdi. Ushbu tizimning afzalliklari, uchrashuvlar davomida mazkur tizim bo‘yicha ish olib borishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar xususida batafsil ma’lumot berildi.
Ta’kidlash joiz, mazkur seminarda instruktor sifatida Devid Ellerey (Angliya), Ali Al Traifi (Saudiya Arabistoni), Subhiddin Moxd Saloh (Malayziya), Xani Ballan (Qatar) va Farhod Abdullaev (O‘zbekiston) ish olib borishdi.
Fikrlar
Олдин сифатли т-ция ва повторни йулга куйиб олишимиз кейин VAR тизими хакида уйласак буларди, хамларимизни эса аввало халолликга укитиб бир дам (кучлирок корига)солдириб куйишса хам буларди.