O‘zbekistonlik hakamlar uchun tashkil etilgan FIFA seminari yakuniga etdi

  • 15 iyun, 2023, 12:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

14 iyun kuni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi majlislar zalida joriy yilning 10-14 iyun kunlarida bo‘lib o‘tgan hakamlar uchun FIFA seminarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Dastlab, FIFA tomonidan O‘zbekistonga jo‘natilgan instruktor — Rodzali Muhammad o‘tilgan darslar bo‘yicha o‘zining yakuniy xulosa, fikr va tavsiyalari jamlangan taqdimotni namoyish etdi. O‘z taassurotlari haqida gapirar ekan, Rodzali o‘zbek hakamlarining tirishqoqligini va seminar davomida kutilganidan ko‘ra ko‘proq tashabbus ko‘rsatib, uni hayron qoldirishganini alohida ta’kidladi.

hakamlar1

Shundan keyin, so‘z navbati O‘FA vitse-prezidenti Odil Ahmedovga berildi. U o‘z nutqi davomida o‘zbek futbolidagi hakamlik muammolari, VARdagi kamchiliklar haqida gapirib, ularning to‘g‘irlanishi borasida takliflar berdi. So‘ngra, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov so‘zga chiqdi. Nutq davomida u yosh hakamlarga bo‘layotgan e’tibor va hakamlik yutuqlari, shuningdek, FIFA seminarlarining foydali jihatlari xususida so‘z yuritib, qatnashuvchilarga qo‘shimcha shijoat bag‘ishladi.

Tadbir so‘ngida instruktor Rodzaliga esdalik sovg‘asi topshirilib, seminarda ishtirok etgan hakamlarga FIFA tomonidan maxsus sertifikatlar berildi.

O‘FHM matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!