
o‘zbekistonlik hakamlar superliganing bir o‘yini uchun qancha pul olishlarini bilasizmi?
PFL bosh direktori maslahatchisi Diyor Imomxo‘jaev ijtimoiy tarmoqdagi o‘zinnig sahifasida xorij hamda o‘zbekistonlik hakamlarning bir o‘yinda qancha ishlab topishlarini taqqosladi. Bundan ma’lum bo‘ldiki, referilarimiz bir uchrashuvda 3 million so‘m pul olishadi.
- Mana bu suratda kuchli beshlikning to‘rt ligasida hakamlar har bir o‘yini uchun qancha pul olishi ko‘rsatib o‘tilgan. La Liga yaxshigina o‘sishga erishdi. Bu erda hakamlar uchun VAR tizimi ham yordamga keladi. O‘yin uchun hisob-kitob esa 6 ming evro.
O‘zbekistonlik hakamlar Superliga uchrashuvini boshqarsa, 3 million so‘m ishlab oladi. Bu hozirgi kursda 315 evroni tashkil qiladi. Ma’lumot uchun, Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p uchrashuvni boshqargan hakam o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov hisoblanadi, - deya yozadi Imomxo‘jaev.
Fikrlar