O‘zbekistonlik hakamlar Rossiyaning o‘yinini boshqaradi

  • 14 mart, 20:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik FIFA referisi Ilgiz Tantashev 19 mart kuni Moskva shahrida Rossiya va Grenada terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini boshqaradi.

Tecno

Bu haqda Rossiya futbol ittifoqi rasmiy sayti xabar berdi.

- Rossiya va Grenada terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvini O‘zbekiston hakamlar brigadasi boshqaradi.

Uchrashuvning bosh hakami sifatida Osiyo futbol konfederatsiyasining eng obro‘li arbitrlari qatorida e’tirof etiladigan Ilgiz Tantashev tayinlangan. Unga hamyurtlari – FIFA assistentlari Andrey Tsapenko va  Timur Gaynullin yordam beradi.

Zaxira hakami vazifasini rossiyalik Evgeniy Kukulyak bajaradi, - deyiladi Rossiya futbol ittifoqi rasmiy saytida e’lon qilingan xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!