
O‘zbekistonlik hakamlar Rossiya ishtirokidagi yana bir o‘yinni boshqaradi
FIFA kunlari doirasida Rossiya terma jamoasi navbatdagi uchrashuvni 26 mart kuni Sankt-Peterburg shahridagi "Gazprom-Arena" stadionida Iroqqa qarshi o‘tkazadi. E’tiborli tomoni, ushbu bahsga ham o‘zbekistonlik hakamlari brigadasi taklif olishdi.
Avvalroq, vakillarimiz rossiyaning Eronga qarshi bellashuvida ham ishlashi xabar qilingandi.
Demak, Rossiya - Iroq o‘rtoqlik o‘yinida Ahrol Risqullaev (bosh hakam)ga Sanjar Shoyusupov hamda Alisher Usmonov (yordamchi hakamlar) yordam berishadi.
O‘rtoqlik uchrashuvi
26 mart, "Gazprom-Arena" stadioni
Rossiya - Iroq
Ahrol Risqullaev
Sanjar Shoyusupov
Alisher Usmonov
Fikrlar