O‘zbekistonlik hakamlar OChLda Odil Ahmedov to‘p surayotgan jamoa o‘yinini boshqarishadi

  • 21 may, 2019, 12:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 5
  • Futbol
CHERY AUTO
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. 
 
Shuningdek, bugun Osiyoning boshqa davlatlarida ham Chempionlar ligasidan o‘rin olgan uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Jumladan, Xitoyda hamyurtimiz Odil Ahmedov to‘p surayotgan "Shanxay SIPG" jamoasi Janubiy Koreyaning "Ulsan Xyunday" jamoasiga qarshi bahs olib boradi. E’tiborli tomoni, mazkur o‘yinni o‘zbekistonlik hakamlar guruhi boshqarib boradi. Bosh hakam Aziz Asimovga qanotlarda Ruslan Serazetdinov va Husniddin Shodmonov yordam berishadi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.
 
Ushbu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 15:00da Shanxay shahridagi "Shanghai Stadium" o‘yingohida bo‘lib o‘tadi.
 
OChL, 6-tur
"Shanxay SIPG" - "Ulsan Xyunday"
 
Bosh hakam: Aziz Asimov (O‘zbekiston)
 
Yon hakamlar: R.Serazetdinov, H.Shodmonov (O‘zbekiston)
 
To‘rtinchi hakam: Sa’dullo Gulmurodiy (Tojikiston)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
АС МИЛАН
21/05/2019 12:52
Кеча қайерда эдинг эххххх Асимов... Кеча сан етишмадинг Пахтакорга дугонанг Шерзод Қосимов билан
&
U 7
21/05/2019 12:36
Asimov? OFK ni kallasi bormi? Bu Asimov hakam emas nasku
&
ахмад49
21/05/2019 12:32
Мана курдингларми саводсиз хакамлар хорижга юборилмокда,бу Асимов учун Пахтакорни куллаб куватлагани учун мукофот.Илохим шарманданг чикиб кайт.
&
Dilrux
21/05/2019 14:14
U hakam kelishgan o'yinlar o'tkazadimi? Shu uchun shunchalik yomon ko'rasizlarmi
Yahyo Abdujabborov
21/05/2019 13:14
piyozdan kampot qilmochi wekil