O‘zbekistonlik hakamlar FIFA onlayn seminari orqali yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtiradi

  • 24 yanvar, 2023, 17:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik hakamlar uchun FIFA nazoratchisi Farhod Abdullaev ishtirokida FIFA onlayn seminari tashkil etildi.

Tecno

Seminarni O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Unda so‘nggi Jahon chempionati davomida kiritilgan qator o‘zgarishlar keyingi 4 yil uchun hakamlikdagi asosiy yo‘nalishlarni belgilab berishi, ularni chuqur o‘rganish va navbatdagi musobaqalarda tatbiq etilishi oldimizda turgan asosiy vazifaligi ta’kidlandi.

O‘z navbatida mazkur jarayon kelgusida hakamlarimizning mahalliy va xalqaro faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi aytildi. Bu borada tajribali FIFA nazoratchisi Farhod Abdullaev o‘z bilimlarini hakamlarimiz bilan bo‘lishishi ma’lum qilindi.

Ushbu zamonaviy o‘yin qoidalari va FIFA tomonidan taqdim etilgan ko‘rsatmalarni milliy chempionat o‘yinlariga joriy etilishi kelgusida milliy terma jamoalarimizning xalqaro darajada qayd etadigan natijalariga bevosita ta’sir ko‘rsatishi alohida qayd etildi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik hakamlar 4 kun davomida FIFA onlayn seminari orqali yangi ko‘nikmalarni o‘zlashtirishlari rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!