O‘zbekistonlik futbolchi Shvetsiya chempionatida maydonga tushdi

  • 3 dekabr, 14:20
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik futbolchi tarixda ilk bor Shvetsiyaning professional klubida rasman o‘ynadi.

Tecno

Asli toshkentlik o‘zbekistonlik kanadalik futbolchi Komron Xabibullo jarohatidan forig‘ bo‘lib, Shvetsiya ikkinchi divizionida “Sandvikens” safida birinchi marotaba maydonga tushdi. 

Komron yil boshida Shvetsiyaga ko‘chib o‘tdi, biroq mavsumoldi o‘yinida xoch bog‘lami yirtilgan edi. U butun yilni o‘tkazib yubordi va faqat mavsumning so‘nggi kunida debyut qildi, 73-daqiqada maydonga tushdi. "Sandvikens" "Ostersundsni" 5:0 hisobida mag‘lub etdi.

 22 yoshli futbolchi turli yoshdagi Kanada yoshlar terma jamoalarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Ammo, agar kerak bo‘lsa, O‘zbekiston terma jamoasida o‘ynash huquqiga ega.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!