O‘zbekistonlik futbolchi Rossiya klubidan taklif oldi

  • 25 fevral, 2021, 21:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugungi kunda o‘zbek futbol maktabi tarbiyalanuvchilarini Rossiya premer-ligasi va Milliy futbol ligasida ko‘rish mumkin. Premer-liganing yangi mavsumida ro‘yxatda uch futbolchi bor edi. Eldor Shomurodov “ko‘tarilib”, Italiya A Seriyasiga ko‘chib o‘tdi. Jasur Jaloliddinov avval “Lokomotiv”, keyin “Tambov”da debyutini nishonlay olmay, har ikki jamoa bilan shartnomani bekor qilib, yurtimizga qaytib keldi.

Tecno

Hozircha, premer-ligada faqat Oston O‘runovga muxlislik qilishimiz mumkin. U ham katta  umidlar bilan “Spartak”ga yo‘l olgan bo‘lsa-da, oxir-oqibat, yangi jamoasi tomonidan eski klubi “Ufa”ni qutqarish uchun ijaraga berib yuborildi.  

Milliy futbol ligasida “Nefteximik” sharafini himoya qilayotgan Vagiz Galiulin va Bobir Davlatov, “Tom” etakchisiga aylangan Vitaliy Denisovning o‘yiniga e’tiroz yo‘q. Uchala futbolchimiz ham jamoasida o‘z o‘rni va hurmat-e’tiborga ega.

1302237410

Milliy futbol ligasida jon saqlab qolish uchun kurashayotgan “Tom” o‘z safiga o‘zbekistonlik futbolchi Vadim Afoninni qo‘shib olish harakatini boshladi. Tomskliklarning bosh direktori Tatyana Smirnova bu ma’lumotni tasdiqladi.

“Tom” 26 ta uchrashuvda 17 ochko jamg‘arib,  musobaqa jadvalida oxiridan bitta yuqorida – 21-pog‘onada bormoqda. Jamoani boshqarayotgan yaqin o‘tmishning eng zo‘r to‘purarlaridan bo‘lgan Aleksandr Kerjakov oldida hali 16 ta uchrashuv bor.

Vadim Afonin faoliyatining asosiy qismini Rossiyada o‘tkazgani ko‘pchilikka yaxshi ma’lum. Toshkentning “Traktor” jamoasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan futbolchi 2005 yilda ushbu jamoada 25 ta o‘yin o‘tkazganidan keyin Rossiyaga yo‘l olib, “Rubin” tarkibiga qo‘shilgan. 2006-2008 yillarda qozonliklar tarkibiga kirolmagan yosh o‘yinchi keyin “Sho‘rtan”da o‘ynadi.  

Kuchga to‘lib, yana Rossiyaga qaytgan legionerimiz 2019 yilga qadar “Rubin”, “Salyut”, “Anji” va “Orenburg” safida to‘p tepdi. Ayniqsa, “Orenburg”dagi faoliyati ancha muvaffaqiyatli chiqdi.  Afonin bu jamoada jami 130 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 12 ta gol urgan. 2015/2016 yilgi mavsumlarda o‘zbekistonlik futbolchi Milliy futbol ligasining eng yaxshi yarim himoyachisi, deb e’tirof etildi.

8a05a379155de3ea74ca5fc4517dfaab-4

33 yoshli Afonin Rossiyadan qaytib kelganidan keyin 2020 yilda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi sharafini himoya qilib, Superligada 15 ta o‘yin o‘tkazdi.  Shuningdek, Vadim 2012-2017 yillar davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasida oltita uchrashuvda maydonga tushgan.

Ayni paytda “Tom” rahbariyati Vadim Afonin bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishga harakat qilayotgani aytilmoqda. Shunda tomskliklarda futbolchini o‘z safiga qo‘shib, musobaqada ro‘yxatdan o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ladi. Buning uchun tomonlar tezroq o‘zaro kelishuvga erishishi talab etiladi.

Belarus futboli: Shahzod zo‘rmi yoki Shahboz?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
TV TV
25/02/2021 22:48
Ахмок экан Томь командаси. Келиб келиб Афонинни оладими. Илгари бироз яхши уйнаган булиши мумкин, хозир умуман уйини йукку.
solijon bobokulov
25/02/2021 21:33
Вахима қилишга арзимайдиган хабар!