
O‘zbekistonlik futbolchi gol urdi
Bugun Tojikiston chempionatida 4-tur o‘yinlari davom ettirildi. "Xo‘jand" jamoasi o‘z maydonida "Regar-TaAZ"ni qabul qildi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
E’tiborlisi, mezbonlarning birinchi goliga hamyurtimiz Sanjar Rixsiboev mualliflik qildi. Shu tariqa, "Xo‘jand" hisobidagi ochkolar soni 7 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Tojikiston chempionati ushbu turdan so‘ng koronavirus pandemiyasi bois 10 mayga qadar to‘xtatiladi.
Tojikiston chempionati. 4-tur
"Xo‘jand" - "Regar-TadAZ" 2:1
Gollar: Sanjar Rixsiboev (24), Dilshod Bozorov (42) - Dilovarsho Ganiev (22).
Fikrlar