
O‘zbekistonga yaxshi tanish bo‘lgan Saudiya Arabistoni esingizdami? Biz sizga ushbu terma haqda batafsil ma’lumot beramiz
"JCh-2022" startiga tobora oz vaqt qolmoqda. Muxlis va mutaxassislarni intizorlik bilan kuttirayotgan turnir tez orada boshlanadi.
Qaysi terma jamoalar "JCh-2022"da ishtirok etishini yaxshi bilasiz. Agar hamon bundan xabardor bo‘lmasangiz yana bir bor eslatib o‘tib ketamiz.
Mundial startiga 23 kun qolgan va biz ketma-ketlikda termalar bilan sizni tanishtirib o‘tamiz. Demak, "C" guruhi vakili Saudiya Arabistoni orqali o‘ziga xos "chellenj"imizni davom ettiramiz.
Saudiya Arabistoni terma jamoasi, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF).
Tashkil topgan: 1956 yil (FIFA'ga ham o‘sha yil a’zo bo‘lgan).
Bosh murabbiy: Erve Renar.
Jamoa sardori: Salmon al-Faraj.
Ilk rasmiy bahsi: Livan - Saudiya Arabistoni 1:1 (1957 yil).
Eng yirik g‘alaba: Timor-Leshti - Saudiya Arabistoni 0:10 (2015 yil).
Eng yirik mag‘lubiyat: Birlashgan Arab Respublikasi - Saudiya Arabistoni 13:0 (1961 yil).
Ayni dam mazkur terma jamoa FIFA reytingida 51-o‘rinni band etib turibdi. Ularning reytingda eng yuqori ko‘rsatkichi 21, eng pasti esa 126-o‘rin bo‘lgan.
Ushbu yurt termasi bunga qadar o‘tkazilgan jahon chempionatlarida 6 bora ishtirok etgan. Ilk bor "yashil lochinlar" 1994 yilgi AQSh yashil maydonlarida o‘tgan mundialda qatnashishga muvaffaq bo‘lgan. Eng yaxshi natijasi ham ayni o‘sha 1994 yilda qayd etilgan. O‘shanda jamoa nimchorak finallariga chiqishga erishgan.
Turnirgacha bosib o‘tilgan yo‘l
Saudiya terma jamoasi mundial yo‘llanmasi uchun kechgan saralash bahslarida munosib ishtirok etdi. 6 jamoa ichida terma 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Saralash turnirida "Yashil lochinlar" 23 ochko bilan 1-o‘rinni band etdi. 7 g‘alaba, 2 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan terma vakillari 12 gol urib, o‘z darvozasidan 6 to‘p olib chiqdi.
O‘zbekiston terma jamoasi saralash o‘yinlarida aynan saudiyaliklarga yirik hisobda mag‘lub bo‘lib, Qatarga borish imkoniyatini yo‘qqa chiqargandi.
Bundan tashqari, jamoa "JCh-2022"ga tayyorgarlik olib borish maqsadida bir qancha uchrashuvlar o‘tkazdi:
Tarkibdagi futbolchilarning transfer narxi taniqli "Transfemarkt" talqiniga ko‘ra, 23.10 million evroni tashkil etadi.
Eslatma: Ushbu miqdor so‘nggi yig‘inga chaqirilgan futbolchilarning transfer narxiga ko‘ra hisoblangan. Mundialga chaqirilgan o‘yinchilar nomi hali ma’lum emas.
"JCh-2022"dagi taqvimi
Avval aytganimizdek, AQSh futbol bo‘yicha eng nufuzli turnirning "B" guruhida Angliya, Eron hamda Uels kabi termalar bilan bir guruhdan joy olgan. Ularning taqvimi quyidagicha:
22 noyabr
15:00 Argentina - Saudiya Arabistoni.
26 noyabr
18:00 Polsha - Saudiya Arabistoni.
30 noyabrdan 1 dekabrga o‘tar kechasi
00:00 Saudiya Arabistoni - Meksika.
Shohrux Zoirov tayyorladi.
Fikrlar