O‘zbekistonda Rossiyada o‘ynashga qodir bir necha futbolchi bor!

  • 21 noyabr, 2022, 17:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya futboli o‘zbek futboli maktabi tarbiyalanuvchilari uchun begona emas. Bu mamlakatda avvaldan bir necha o‘yinchilarimiz to‘p tepgan. So‘nggi yillarda yurtimizdan borib,  premer-ligada porlagan Eldor Shomurodovni hamon hurmati baland.

Tecno

“Rostov”da o‘zini ko‘rsatgan o‘zbek futbolchisi keyinchalik Italiyaning “Jenoa”siga ko‘chib o‘tishga erishdi. Ikki mavsumdan beri “Roma”da to‘p tepmoqda. Aslida Rossiya premer-ligasidan kuchli beshlik chempionatlariga ko‘chib o‘tish kam kuzatiladigan holat sifatida baholanadi.   

Hozir yuqori divizionda Hojimat Erkinov “Torpedo”da, Ibrohimxalil Yo‘ldoshev “Pari Nijniy Novgorod”da to‘p tepmoqda.

27682448_0_0_2305_1730_1280x0_80_0_0_055470ddd6251d663e7695128fe3a279

Birinchi ligada Vagiz Galiulin “Nefteximik”  jamoasi sardori hisoblanadi. Kuni kecha, “Rubin” klubi 19 yoshli yarim himoyachimiz Umarali Rahmonaliev o‘z safiga qo‘shib oldi.

Shuningdek, Oston O‘runov va Jasur  Jaloliddinov kabi futbolchilarimizning Rossiyadagi faoliyati ko‘ngildagidek bo‘lmadi.

Rossiyaning https://rsport.ria.ru sayti hamyurtimiz Ja’far Irismetovdan intervyu oldi. Bu mutaxassisimiz futbolchilik davrida Rossiya, Gretsiya, Belarus, Xitoy, Ukraina, Qozog‘iston jamoalarida o‘ynagan.

Ja’far legioner sifatida Rossiyada “Spartak”, “Chernomorets” va “Anji” kabi klublar sharafini himoya qilgan.  Irismetov har ikki mamlakat futbolchilari haqida fikr bildirdi.

- O‘zbekistonlik futbolchilardan yana kimlar Rossiya premer-ligasida o‘ynay oladi?

- Besh-olti nafar futbolchimiz top-darajada bo‘lmagan jamoalarda o‘ynab ketadi. Ular orasida Shukurov, Nasrullaev va Hamrobekovni aytishim mumkin.

- O‘zbekistonda rossiyaliy futbolchilardan kimni ko‘proq bilishadi?

- Qamoqda o‘tirib chiqqan ikkitasini.

- Kokorin va Mamaevnimi?

- Ha, ularni butun dunyo taniydi. Shuningdek, Sobolev, Smolov, Golovin, Miranchukni ham bilishadi. Aytgancha, men “Paxtakor”da ishlagan davrimda Anton Zabolotniyni transfer qilmoqchi edik. U ham juda yaxshi va taniqli futbolchi.

_103772403_tass_29412862

- Bu qanday bo‘lgandi?

- O‘sha paytda Anton “Sochi” sharafini himoya qilardi. Biz uning tipidagi hujumchi qidirayotgan edik. Instat dasturi orqali uning statistikasini o‘rgandik va hujumchi bizga ma’qul keldi.

Keyinroq uning atrofidagi bilan gaplashdik, ular Zabolotniy O‘zbekistonga bormasligini aytishdi. Yaxshigina mablag‘ taklif qilgandik.

O‘runov TsSKAda o‘ynab ketardi, hozir boshqa futbolchimiz “Spartak”da o‘ynashga qodir!

Karpin “Roma”da o‘ynay olmayotgan Shomurodovga yana qimmatli maslahat berdi, zora hammasi o‘zgarsa!

O‘runov jamoasiz qolganining haqiqati ochildi!

Italiya klubi Shomurodovga joy berish uchun taktikasini o‘zgartirishga qaror qildi

Italiya klubi Shomurodov transferiga munosabat bildirdi

Shomurodov ustozini Italiyaga chaqiryapti!

Shomurodov va Abraxamdan keyin Dibala ham “Roma”dan ketadigan bo‘lyapti!

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
21/11/2022 18:37
Росссияда эмас балки Европада у'йнашга ярок,ли у'йинчилар бор