O‘zbekistonda OChL o‘yinlari namoyish etilmaydi?! "Sport" yoki "UzReport"? Muammo nimada?

  • 6 sentabr, 2023, 15:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni damda OChL o‘yinlarining translyatsiya masalasi juda ko‘p bahslarga sabab bo‘lmoqda. Shu bois, unga atroflicha (bizdagi ma’lumotlardan kelib chiqib) to‘xtalib o‘tamiz.

Tecno

Ayni damda, Osiyo chempionlar ligasining translyatsiya huquqi (O‘rta Osiyo bo‘yicha) "Saran Media"ga tegishli. Shartnomaga ko‘ra, 2021/2024 yilgi mavsumlar uchun "Uz Report" guruh va pley-off o‘yinlarini namoish etish xuuqini qo‘lga kiritilgan. "UzReport" texnikalar bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammoni Turkiyaning "Saran Media" kompaniyasi yordamida echib kelgan.

Qfkft2

MTRKning aktivligi oshishi bilan, "UzReport" biroz chetga chiqib qolganidan xabaringiz bor. Aynan shu sababli joriy mavsumda shaxsiy kanal OChL o‘yinlarini translyatsiya qilish istagida yonmayapti. Sababi, "Saran Media"ni bir vaqtning o‘zida O‘zbekistonning 3 ta stadionda ishlashi hazilakam pul bo‘lmaydi. Kanal o‘z harakat vektorini o‘zgartirgani va "Futbol Tv"ning yopilganini hisobga olsak, bu kontentni namoyish etishi mumkin bo‘lgan kanal ham yo‘q.

MTRK bu huquqni qo‘lga kiritish uchun harakatni boshlagan, biroq buning uchun avval "UzReport" huquqni OFKga qaytarib berishi yoki MTRK bilan “bo‘lishishi” lozim. Afsuski, masala bunday osonlik bilan  echilmaydi. Sababi, OFKning translyatsiya borasidagi yangi reglamentiga ko‘ra, VAR sistemasi guruh o‘yinlaridan boshlab ishlatiladi.

ok34ko3t4

Bu 1-turdanoq 10 ta sifatli kamerada o‘yinlarni efirga olib chiqish shart degani! Soddaroq qilib aytsak, Superliga o‘yinlaridan kamida 3 barobar ko‘proq kamera va texnika ishlatiladi. Endi MTRKning bir yo‘lda 3 ta shahrida 10 ta kamera bilan o‘yinlarni onlayn efirga uzatishini tasavvur qilib ko‘ring?! Birgina bayram tadbirlari chog‘ida VAR sistemasini ishlatishda muammolarga duch keladigan MTRK xalqaro darajadagi 3 ta translyatsiyani parallel efirga berishi juda mushkul masala.

Hozir o‘yinlarni translyatsiya huquqidan ko‘ra, uni efirga olib chiqish bir necha barobar qimmatroqqa tushadi. Aynan shu xarajatlar sababli "UzReport" ham, MTRK ham aniq bir to‘xtamga kela olmagan.Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шухрат Хусаинов
06/09/2023 22:37
Кучага Радар куевермай VARга камера олинглар
Билимжонович Дима
06/09/2023 15:57
Узб. Тенгдур узбга
Fahriddin
06/09/2023 15:31
Sport kanal uzi dabba kanalku qayerdagi eshkak eshish shunga uhshash bir nimalani oberadi holos
iiii Одинокий
06/09/2023 18:49
Butun boshli Mtrkada 10 kamera chiqmasekanda
Adham Tuychiev
06/09/2023 17:40
Tezroq muammoga yechim topila. Bilamiz MTRK da judayam kotta pul aylanadi. MTRK uchun 10 ta kamerani aylantirish hech narsa emas. Bular bumas narsalaga sarflivurmasdan futbol ga sarfleyla. Nega bowila qotadi? Uyatamasmi xalqaro maydonda bollarimiz top tepib tursa. Homiylikdan chiqarvolasila bemalol uynab kulib.
&
ibroximmm
07/09/2023 12:49
Камера олса трансилатция килса чунтагига пул каердан киради мтрк ни
&
Алим Ахмедов
06/09/2023 17:38
Мустакиллигимиз абадий булсин