O‘zbekiston – Falastin uchrashuviga tashrif buyurish istagida bo‘lgan muxlislar diqqatiga!

  • 17 noyabr, 2019, 16:48
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Bilasiz, 19 noyabr kuni O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda JCh-2022 saralashi doirasida Falastin bilan bahs olib boradi.

Oldin xabar berganimizdek, chiptalar oldi-sotdisi jarayonini tartibga solish, chiptalarning olib-sotarlar qo‘lida qaytadan sotilishining oldini olish, qolaversa muxlislar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, bu orqali esa chiptalarning shaffof savdosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi iticket.uz chiptalar operatori bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Natijada iticket.uz milliy terma jamoa o‘yini chiptalari savdosini to‘liq hajmda amalga oshiradi.

Tecno

Ayni paytda uchrashuv chiptalari savdosi iticket.uz saytida, shahar bo‘ylab o‘rnatilgan maxsus kassa-shaxobchalari hamda “Paxtakor” stadioni kassalarida davom etmoqda.

Futbol muxlislaridan chipta harid qilishda e’tiborli bo‘lishlarini so‘rab qolamiz. Chiptalarni faqatgina iticket.uz rasmiy kassalari, “Paxtakor” stadioni kassalarida va internet orqali harid qiling, qalbaki chiptalardan extiyot bo‘ling! Batafsil ma’lumotlar iticket.uz saytida.

Manba: UFA telegram rasmiy sahifasi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Zulfiqarov Husanboy
18/11/2019 12:21
menimcha tarkibda ozgartirishlar kiritish kerak. Sardor rashidovni chaqirish kerak qatarda yaxshi oyin otqazyapti PS suyunovni trakibga kiritish shart emas deb oylayman chunki S.Arabiston bn oyinda katta xatoliklarga yol qoydi va 2 ta golni Suyunovni xatosi bn tkazib yubordik Odil Axmedovni ham O'z joyiga qaytarsa yaxshi bo'lar edi albatta bu murabbiyni ishi bizni ishimiz O'z istagimizni bildirish muxlis sifatida
&
Zulfiqarov Husanboy
18/11/2019 12:15
Bo'lib ham yana yutqazsa Jahon chempionati bizga orzu bo'ladi aniq
&
Zulfiqarov Husanboy
18/11/2019 12:14
Yana yutqazishini ko'rish uchun kirish kerakmi Deyman
&
AzizXudoyberdiyev
17/11/2019 22:29
Biletlar narxi qanchadan ekan
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
17/11/2019 18:08
usha kunki uyin uchun. tahminiy. tarkib chiqqaniga aytuvdim. urtaga kim uynaydi bu sastavdan deb. Otabek . Ikramov ham. Qadurqulov ham. tayanch nuqtaga. uyna olmaydiki. Odil Hamrabekov. Yoki Ahmedov. uyna oladi. urtaga tayanch nuqtaga. usha kunki uyinga urta uynamadi. muvozanatni ushla bilmadi.
&
Бухарский
17/11/2019 18:09
Shukurov
&
Zulfiqarov Husanboy
18/11/2019 12:23
Ko'proq Himoyadagi xatolar bizga band berda sal qoldiku 1 ch taymda o'zim o'zimizga gol urishimizga
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
18/11/2019 14:59
himyo bilan urta bogliqlik yuqda. masalan tayanch uyinchi. 2 ta himoyachini urtasiga kerib. uyin boshlaydi. keyin. tayanch nuqtaga uynaydigan uyinchi. tup oshirgan uyinchiga qulay joyga ochiladi va 2 etap bilan hujim boshlanadi. ayni Hamrabekov uynaganiga. bilsaz Urta bir hil temp bilan uynaydi. Pahtakor qarang. uyinni sinchkovli bilan kuzatsaz. Tuliq eski Nasafcha uyin. Ahmedov. himoyaga oldinkiday salohiyati yuq. Ashurmatov kelsak. Doston Tursunov bilan yahshi tandem qiladi. Ashurmatov Odilni oldiga bosim ostiga uynadi. gap eshitib qolmay deb.