O‘zbekiston yoshlar terma jamoasining Osiyo chempionatidagi o‘yinlar taqvimi (Foto)

  • 18 iyun, 2020, 14:10
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval OFK shtab-kvartirasida U-19 Osiyo chempionatiga qur’a tashlash marosimi o‘tkazildi. Unda Temur Kapadze boshchiligidagi terma jamoasi musobaqa mezboni bo‘lgani bois A guruhidan joy olishdi.

Tecno

Ushbu kvartetda hamyurtlarimiz Indoneziya, Kambodja va Eron bilan kuch sinashadi. Dastlabki raqibimiz Eron, keyin Kambodja bilan bellashamiz. Oxirgi turda esa terma jamoamizga Indoneziya raqiblik qiladi.

photo_2020-06-18_13-58-46

Ma’lumot o‘rnida, mazkur qit’a birinchiligi 14-31 oktyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Toshkent, Olmaliq va Namangan shaharlaridagi 4 ta stadionda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!