
O‘zbekiston yoshlar futzal terma jamoasi “CAFA U-19 futsal championship 2022” musobaqasida ishtirok etadi
Futzal bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi (U-19) 12-19-fevral kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan CAFA chempionatida ishtirok etadi.
Mazkur musobaqada O‘zbekistondan tashqari Tojikiston, Eron, Qirg‘iziston va Afg‘oniston terma jamoalari ishtirok etadi. Reglamentga ko‘ra, har bir jamoa to‘rttadan o‘yin o‘tkazadi. Eng ko‘p ochko jamg‘argan jamoa g‘olib, deb topiladi. Barcha o‘yinlar Bishkekdagi “Gazprom” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.
Furqat Xayrulloev shogirdlari turnirdagi ilk uchrashuvini Tojikistonga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.
1-tur | 12 fevral (shanba)
O‘zbekiston – Tojikiston
Eron – Afg‘oniston
2-tur | 13 fevral (yakshanba)
Tojikiston – Eron
Qirg‘iziston – Afg‘oniston
3-tur | 15 fevral (seshanba)
Afg‘oniston – Tojikiston
Qirg‘iziston – O‘zbekiston
4-tur | 17 fevral (payshanba)
Afg‘oniston – O‘zbekiston
Eron – Qirg‘iziston
5-tur | 19 fevral (shanba)
O‘zbekiston – Eron
Tojikiston – Qirg‘iziston
Fikrlar