
O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi va "Asaka bank" ATB pandemiyani sport bilan engadi
2020 yil 17 oktyabr kuni "Yoshlik" sport majmuasida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi va "Asaka bank" ATB hamkorligida "Pandemiyani sport bilan engamiz" shiori ostida "Asaka bank"ning viloyatdagi filiallarida faoliyat olib boradigan xodimlari o‘rtasida velopoyga o‘tkaziladi.
Ushbu musoqaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim tashabbusdan birini amalga tatbiq qilish maqsadida tashkil qilinmoqda.
Ta’kidlash joizki, velosiped ekologik jihatdan eng toza transport vositasi hisoblanib, sog‘liq uchun ham foydali sport turlaridan biri sanaladi.
Xabaringiz bor, pandemiya davrida sog‘lom turmush tarzi hayotimizning ustuvor vazifalaridan biriga aylanib ulgurmoqda. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida ommaviy sport va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ayniqsa, xotin-qizlarning ushbu sport turiga qiziqishini oshirishdir.
Fikrlar