
O‘zbekiston va Braziliya klublari bilan o‘yin bor
Qozog‘iston Premer-ligasining yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Aktobe” yangi yildagi birinchi xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini Turkiyada o‘tkazadigan bo‘ldi.
Klub matbuot xizmati futbolchilar Belek shahrida mashg‘ulotlardan tashqari ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi haqida ma’lumot berdi.
“Aktobe” 20 yanvar kuni Braziliyaning “Gremio Esportivu” jamoasi bilan o‘zaro kuch sinashadi. Bir haftadan keyin, ya’ni 27 yanvar kuni “Aktobe” futbolchilari O‘zbekistonning “Olimpik” jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O‘z tarixi davomida besh karra Qozog‘iston chempioni bo‘lgan “Aktobe” o‘tgan mavsumni uchinchi o‘rinda yakunladi. Asosan yosh futbolchilardan tarkib topgan va O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi o‘zagini tashkil qiluvchi “Olimpik” Superligada 9-o‘rinni egallagan.
Fikrlar