O‘zbekiston V para Osiyo o‘yinlarida birinchi o‘rinni egalladi

CHERY AUTO

Xabaringiz bor, joriy yilning 7-14 dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida V para Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Kompleks musobaqada qit’amizning 35 ta mamlakatidan jami 1500 nafarga yaqin atletlar 11 ta sport turidan g‘oliblik uchun bellashdi.

Xususan, O‘zbekiston delegatsiyasi sportning para engil atletika, para taekvondo, bochcha, para suzish, para armrestling va para pauerlifting sport turlari bo‘yicha musobaqada ishtirok etib, jami 197 ta medal ( 99 ta oltin, 57 ta kumush, 41 ta bronza) qo‘lga kiritib umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, 2021 yil Bahraynda o‘tkazilgan IV para Osiyo o‘yinlarida yurtdoshlarimiz umumjamoa hisobida 16 ta medal (11 ta oltin, 1 ta kumush, 4 ta bronza) olib, 6 o‘rinni egallagan edi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!