O‘zbekiston U16 terma jamoasi halqaro turnirga tayyorgarlikni boshladi

  • 16 aprel, 2024, 19:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Islom Ismoilov boshqaruvidagi O‘zbekiston U16 terma jamoasi Toshkent shahrida navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlariga kirishdi. 20 apreldan boshlab yig‘inning ikkinchi qismi Minsk shahrida davom etadi.

Tecno

Vakillarimiz 23-28 aprel kunlari “UEFA Assist“ dasturi doirasida bo‘lib o‘tadigan “Rivojlanish kubogi” xalqaro turniri doirasida Belarus, Ozarbayjon va Nikaragua jamoalariga qarshi bahs olib boradi. 

Bosh murabbiy tomonidan yig‘inga jalb etilgan futbolchilarning ro‘yxati bilan tanishing.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!