
O‘zbekiston U-23 terma jamoasining Frantsiya va Rossiyaga qarshi o‘yinlar qaydnomasi ma’lum
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi 27 maydan navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini boshlaydi. Bosh murabbiy Ravshan Haydarov ushbu yig‘inda ishtirok etadigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.
Ma’lumot uchun, terma jamoamiz yig‘inning ikkinchi bosqichini xorijda davom ettirib, 4 iyun kuni Frantsiyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.Shuningdek, Olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilardan iborat yoshlar jamoamiz Farg‘onada Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarida ishtirok etadi. Ushbu bahslar 5 va 8 iyun kunlari bo‘lib o‘tadi
Fikrlar